Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nikaraguada prezident inauguratsiyasiga bir kun qolganda chiroq o‘chdi
Nikaraguada dushanba kuni elektr ta'minotida ommaviy uzilishlar ro‘y berdi. Bu holat mamlakat prezidenti Daniel Orteganing yangi muddatga kirishishidan bir kun avval yuz bergan.
Elektr quvvatini uzatish bo‘yicha milliy kompaniya direktori Salvador Mansellning xabar berishicha, avariyaga kuchli shamollar sabab bo‘lgan. Ular Nikaraguani qo‘shni Gonduras bilan bog‘lab turuvchi elektruzatish liniyalarini uzib yuborgan.
Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, ommaviy uzilishlar mamlakatning asosan g‘arbi va shimoli-g‘arbida kuzatilgan. Biroq La Prensa portalining ta'kidlashicha, mamlakatning deyarli barcha departamentlaridagi iste'molchilar chiroqsiz qolgan.
Ma'lumot uchun, Nikaragua prezidentligiga ketma-ket uchinchi bor saylangan Daniel Orteganing inauguratsiya marosimi bugun, 10 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi kerak.
Mavzuga oid
19:36 / 16.01.2026
Sovuq kunlarda elektr va gaz ta’minotida cheklovlar bo‘lishi mumkin – vazirlik
14:53 / 19.12.2025
Hududlarda elektr ta’minoti bilan bog‘liq uzilishlar kuzatilyapti
09:53 / 19.12.2025
Olmazor tumani ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin
11:44 / 10.12.2025