Yaponiya hukumati yangi imperatorning taxtga ötiriş marosimini 2019 yil 1 yanvarda ötkazişni rejalaştirmoqda. Bu haqda «Sankey» naşri öz manbalariga asoslangan holda yozmoqda.
Gazeta ma'lumotlariga köra, şunday imkoniyatni nazarda tutuvçi qonun loyihasi şu yil may oyida muhokama qilinadi.
Avvalroq, Yaponiyaning hozirgi imperatori Akixito taxtdan voz keçişni xohlayotganiga şa'ma qilgan edi. 83 yoşli imperator örnini katta öğli Naruxito egallaydi.
Şunga qaramay, mamlakatning amaldagi Asosiy qonunida imperatorning taxtdan voz keçişi bilan boğliq holatga oydinlik kiritilmagani bu jarayonni imkonsiz voqelikka aylantirgan. Şu munosabat bilan, mamlakat hukumati qonunçilikka tuzatişlar kiritişni rejalaştirayapti.
2016 yil avgustida Akixito Yaponiya xalqiga telemurojaat qilib, dam olmoqçi ekanini aytgan edi.

















