Ötgan dam oliş kunlari Rossiyaning markaziy viloyatlarida kamdan-kam uçraydigan atmosfera hodisasi – "soxta" quyoş yoki ilmiy tilda aytganda, pargeliy kuzatildi. Bu hodisa quyoş nurlarining muz kristallarida sinişi bilan boğliq. Suv muzlagani sari atmosferaning yuqori qatlamlarida oltiburçakli kristallar hosil qiladi. Ular yerga tuşişining aksariyat vaqtida gorizontal holatda böladi. Muayyan lahzalarda kuzatuvçining köriş gorizonti bu tekislik orqali ötişi mumkin va bunda har bir kristall özini nurni sindiruvçi mini-linza kabi tuta boşlaydi. Natijada Quyoş atrofida doira yoki undan bir xil uzoqlikda joylaşgan bir juft "soxta" quyoş paydo böladi.

















