Moskva şahrida yaşovçi özbekistonlik ayolning farzandi politsiya tomonidan tortib olinib, şifoxonaga joylaştirilgani haqidagi xabar jamoatçilikda katta muhokamaga sabab böldi. Nihoyat, 16 kun deganda ona öz farzandi bilan körişiş baxtiga muyassar böldi. Bu haqida Nilufar Mamasaidovaning huquq himoyaçisi Bahrom Ismoilovning Facebook'dagi sahifasida ma'lum qilindi. 

Bundan avval "Kuntsevo" IIB xodimlari özbekistonlik Nilufar Mamasaidovadan 1 yoşli qizini tortib olişgani haqida xabar berilgan edi. Qizça Moskvadagi 1-sonli şahar şifoxonasining yuqumli kasalliklar bölimida bölgan. Advokatning sözlariga köra, politsiya xodimlari qizçani qarovsiz qolgan bola sifatida qayd etişgan va şunga doir hujjat tuzişgan hamda şu hujjat asosida bolani şifokorlar qöliga topşirişgan.  

Nilufarning 1 yoşli qizçasi bilan körişgan videoda bolaning şok holatida ekanini anglaş qiyin emas. Bahrom Ismoilov ijtimoiy tarmoq orqali voqealarning keçişiga doir ma'lumotlar berib turdi. Uning sönggi posti jamoatçilikka murojaat şaklida qoldirilgan:

"Hurmatli, döstlar! Biz Nilufar va Manijani zudlik bilan uyiga jönatişimiz kerak. Uning puli yöq. Bor pulini 2016 yilning 25 dekabrida öğirlab ketişgan. Köpçiligingiz menga Nilufarga moddiy yordam beriş taklifi bilan murojaat qildingiz. 

Hozir biz u bilan qiziga Özbekistonga yetib oliş uçun çipta xarid qiliş zarur"
Pullarni onlayn tölov asosida yöllaş mumkin: Sberbank 4279 3800 1337 8932 
Tölov amalga oşirilayotganda qizning ismi qayd qilinişini söraymiz - "Manija".
Xorijdan pul yöllaş istagini bildirganlar uçun -  Paypal email: [email protected]