Yaponiya hukumati imperator Akixito 2019 yilning 1 yanvaridan özining tönğiç öğli Naruxito foydasiga taxtdan voz keçişini közda tutuvçi qonun loyihasini tayyorlamoqda. Bu haqida 11 yanvar, çoraşanba kuni "Sankey simbun" gazetasi xabar berdi.
Qonun loyihasi 2017 yilning may oyi boşida qabul qilinişi kutilmoqda. Undan avval bu masala ekspertlar komissiyasi va parlamentning ikki palatasida muhokamaga qöyiladi. Yaponiyaning joriy konstitutsiyasida imperatorning hayotlik çoğida taxtdan voz keçiş imkoni körib çiqilmagan.
Bundan avval Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe mamlakat imperatori Akixitoning taxtdan voz keçiş masalasi turli ekspertlarni jalb qilgan holda yaxşilab körib çiqilişi lozimligini aytgandi.
2016 yilning avgust oyi boşlarida yapon OAV imperator Akixitoning nutqini taqdim etişdi. Unda imperator borgan sari öz majburiyatlarini bajariş qiyinçilik tuğdirayotgani haqida aytgan.
Imperator Akixito - imperator Xiroxito va Kodzyunlarning tönğiç öğli va beşinçi farzandi - 1933 yilning 23 dekabrida tavallud topgan. Akixito rasman eramizdan avvalgi 660-yildan buyon hukmronlik qilib kelayotgan sulolaning 125-imperatori hisoblanadi. Birinçi yapon monarxi Dzimmu bölgan.
Bugungi kunda Akixito dunyodagi yagona imperator hisoblanadi.

















