AQŞ davlat kotibi Jon Kerri Vetnam, Fransiya, Buyuk Britaniya va Şveytsariyaga taşrif bilan boradi. Bu haqda AQŞ davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Jon Kirbi ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, AQŞ taşqi siyosat idorasining lavozimidan ketayotgan rahbari 13-14 yanvar kunlari Xanoy, Xoşimin, şuningdek, Vetnamning Mekong daryosi deltasidagi viloyatlaridan birida böladi. U 15 yanvar kuni Parijga Yaqin Şarqdagi vaziyatni tinç yöl bilan tartibga soliş böyiça ötkaziladigan anjumanda iştirok etişga keladi. Kerri Fransiya poytaxtidan Londonga yöl olib, u yerda “Suriya va boşqa dolzarb global hamda mintaqaviy muammolar” yuzasidan muzokaralar ötkazadi. 17-18 yanvar kunlari esa Amerika diplomatiyasi rahbari Davosdagi Butunjahon iqtisodiy forumida iştirok etadi.
Ma'lumot uçun, Vaşingtonda 20 yanvar kuni hukumat özgaradi: saylangan respublikaçi-prezident Donald Tramp ma'muriyati hukumat tepasiga keladi.












