AQŞning tarixga aylanayotgan prezidenti Barak Obama nufuzli Science jurnalida özining yana bir ilmiy maqolasini taqdim etdi. Maqolada Amerikaga  iqtisodiyotga ziyon yetkazmagan holda iqlim özgarişlari bilan kuraşişga yordam beruvçi usullar haqida gap boradi. 

2016 yilning iyulida Barak Obama öz prezidentlik davrida ilmiy jurnalda ilmiy maqola taqdim etgan birinçi prezident böldi. Uning JAMA jurnalidagi maqolasida Obamaning prezidentlik davridagi loyihalaridan biri bölgan ACA'ning soğliqni saqlaş islohotlaridagi ijobiy va salbiy tomonlari qayd etilgandi. Maqola köplab olimlar, matbuot va aholining e'tiborini jalb qildi va Altimetrics versiyasi böyiça "2016 yilning eng köp muhokama qilingan ilmiy maqolasi" sifatida qayd etildi. 

AQŞning 44-prezidenti öz ilmiy izlanişlarida davom etişga qaror qildi. Bu safar u Science jurnalida iqlim özgarişi bilan kuraşda eng asosiy muammolardan biri - iqtisodiy ösişning sekinlaşuvi va işçi örinlarining yöqolişini qanday çetlab ötiş mumkinligi haqidagi fikr-mulohazalari bilan bölişdi. 

Obamaning ta'kidlaşiça, global isiş bilan kuraşda barça çoralar, şu jumladan, Parij kelişuvining bekor qilinişi (Donald Tramp bir neça marta şu haqida söz yuritgan) Yer yuzidagi örtaça harorat kelasi asr boşiga borib, Tselsiy böyiça 4 darajaga kötarilişiga olib keladi. Bu global iqlim halokatiga sabab böladi. 

AQŞ prezidentining sözlariga köra, issiqxona gazlari çiqindilarining keskin qisqarişiga qaramay, AQŞ iqtisodiyoti 2008 yildan buyon ösişda davom etmoqda. 

Manbaga köra, energetika sohasidagi SO2 çiqindilari 9,5 foizga qisqargan bir vaqtda iqtisodiyot körsatkiçlari 10 foizdan köproq oşgan. Şunday ekan, ham yuqori ösiş körsatkiçlari, ham iqlim özgarişlari bilan kuraşni özida uyğunlaştirgan iqtisodiy taraqqiyot strategiyasini işlab çiqiş mumkin. 

Obamaning fikriça, bunda asosiy e'tibor çiqindilarni kamaytiriş va işlab çiqarişning energosamaradorligini yaqin yillarda 20-30 foizga oşiriş rejalarini işlab çiqişga ulgurgan xususiy kompaniyalarga qaratiladi. Bu ularga nafaqat iqlim özgarişlari bilan kuraşişda, balki yoqilği, elektr energiyasi va boşqa energiya manbalari xarajatlarini kamaytirişda yordam beradi. 

Buni inkor etiş va eski ekologik normalarga qaytiş, Obamaning fikriça, dunyoni taxminan 4 foiz YaIMdan mahrum qiladi. Buning natijasida AQŞ har yili 340-700 milliard dollar, ikki millionga yaqin işçi örin va şu sohadagi texnologik yetakçilikni yöqotadi. Şu bois Obama Tramp va uning jamoasini Parij kelişuvidan voz keçmaslik va iqlim özgarişlari bilan kuraş çora-tadbirlarini bekor qilmaslikka çaqirmoqda.