Yevropaning turli mamlakatlarida sönggi kunlarda kuzatilgan kuçli sovuqlar sabab bir neça ön kişi halok böldi. Kuçli qor Istanbulni “falaj” qilib qöygan bölsa, Italiyaning bir qator hududlarida hukumat favqulodda vaziyat holatini kiritişga tayyor turibdi, Gretsiya maktablaridagi tahsillar bekor qilindi.
OAV ma'lumotlariga köra, Yevropaning turli şaharlarida sovuq urişi sabab kamida 40 kişi halok böldi, ularning aksariyati – boşpanasiz insonlar va muhojirlar.

Polşada ob-havo oxirgi hafta yakunida rekord darajadagi sovuq – 41 daraja haroratni taşkil qildi. Buning oqibatida bir neça ön kişi halok böldi. Mamlakat fuqarolaridan huşyor bölib, boşpanasiz, keksa va yolğiz insonlarga köproq e'tibor qaratişni söraşmoqda. 

Italiya hukumati mamlakaning bir qator janubiy viloyatlarida favqulodda vaziyat holatini kiritişga tayyor. Bu mahalliy qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqaruvçilari rekord darajadagi sovuq ob-havo sabab yetkazilgan zarar tufayli yuz berişi mumkin. 

Rimning Il Messaggero gazetasi ma'lumotlariga köra, Apennin yarim orolida şunday ob-havo sabab töqqiz kişi halok böldi. Ular sovuq urişidan vafot etişgan.
Serbiyada ham beş kundan beri ayozli ob-havo kuzatilmoqda. Respublika gidrometeorologiya boşqarmasiga köra, bu yerda 22 daraja sovuq qayd etilgan. Rasman bir kişi halok bölgani aytildi. 

Gretsiyada esa mamlakatda kuzatilgan sovuq ob-havo sabab maktablardagi darslar bekor qilindi. Sababi bu yerdagi maktablar, aksariyat uylar kabi sovuq havoga moslaştirilmagan.

Germaniyada esa kuçli qor yoğişi davom etmoqda. Mamlakatdagi havo harorati 10 daraja sovuq atrofida qolişi xabar qilindi. 

“Aksel” böroni ötgan hafta Boltiq dengizining nemis sohiliga jiddiy zarar yetkazdi. Suv ostida önlab avtomobillar qolgan. 

Ispaniya davlat meteorologiya xizmati ma'lumotlariga köra, mamlakatning 20 viloyatida seşanba kuni ob-havo sabab xavfning sariq yoki töq sariq darajasi e'lon qilindi. Ba'zi bir tumanlarda 20 santimetrlik qor yoğişi kutilmoqda. 

Istanbulda esa şanbadan duşanbaga qadar davom etgan kuçli qor megapolisdagi hayotni “falaj” holatga solib qöydi. Ba'zi bir tumanlardagi qor hajmi 130 santimetrga yetdi. Şahar aeroportlarida uç kun davomida 1,5 mingdan ortiq aviareyslar bekor qilindi.

 Istanbul hukumati davlat xizmatçilari iş kunini 15.30 ga qadar kamaytirdi. Bosfor böğozi esa kemalar qatnovi uçun yopildi.