Italiya boş vaziri Paolo Jyentilonining tomirlarida jarrohlik amaliyoti ötkazildi. Bu u Parijga uyuştirgan amaliy taşrifidan qaytib kelgaç yuz berdi, deb xabar bermoqda RaiNews24 telekanali.
Italiya hukumati rahbari seşanba kuni Fransiya prezidenti Fransua Olland bilan Yelisey saroyida uçraşdi.
Telekanal ma'lumotiga köra, Jyentiloni Rimga qaytib kelganidan söng özini yomon his qilgan va poytaxtdagi eng yaxşi kasalxonalardan biri – Gemelli’ga taşrif buyurdi. Şifokorlar siyosatçida angioplastika – sirtqi tomirlar yopilib qolişi böyiça kiçik jarrohlik amaliyotni ötkazişgan.
RaiNews24’ning ta'kidlaşiça, ayni damda siyosatçi özini yaxşi his qilmoqda.












