AQŞ prezidenti Barak Obamaning bayonot berişiça, uning 8 yillik prezidentlik davrida Amerika maxsus xizmatlari va harbiylari "ön minglab terrorçilar"ni yöq qilgan. Şunga köra, IŞID ham yöq qilinadi, deb ta'kidlagan Obama. 

"Biz ön minglab terrorçilar, jumladan, Usoma bin Lodinni öldirdik. IŞIDga qarşi biz yetakçilik qilayotgan xalqaro miqyosdagi koalitsiya ularning yarmini yöq qildi ham hududining yarmiga yaqinini ozod etdi", — degan Obama Çikagodagi xayrlaşuv ma'ruzasida. 

"IŞID yöq qilinadi va Amerikaga tahdid soladigan heç kim xavfsiz böla olmaydi", — deb qöşimça qilgan prezident.

Obama 20 yanvar kuni iste'foga çiqadi, Donald Tramp AQŞning yangi prezidenti böladi.