Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov uçun xotira muzeyi Toşkent şahridagi Oqsaroy qarorgohi hududida barpo etilmoqda. Bu haqda "Feysbuk" ijtimoiy tarmoğidagi «Deti Karimova» nomli guruhda xabar qilingan.
Xabar qilinişiça, oçiliş marosimi Islom Karimov tuğilgan kun - 30 yanvarda bölib ötadi.
«Kun» manbalarining ma'lumotiga köra, qarorgoh hududida keyingi vaqtlarda faol ravişda ta'mirlaş işlari olib borilmoqda.
Oqsaroyning muzeyga aylantirilişi haqida ötgan oyda ham xabarlar tarqatilgandi.
Mamlakatning yangi prezidenti Şavkat Mirziyoyev esa Mustaqillik maydonidagi Senat binosining ikkinçi qavatida işlaydi. U ayni vaqtda mehmonlarni şu yerda qabul qilmoqda.
2 yil içida yangi prezident uçun yangi qarorgoh qurilişi mumkinligi haqida xabarlar mavjud. Uşbu qarorgoh qayerda barpo etilişi borasida xabarlar mavjud emas.
Oqsaroy 2004 yildan buyon marhum prezident Islom Karimovning asosiy iş joyi bölib kelgandi. Prezident uşbu saroydan asosan çet ellik yuksak martabali mehmonlarni qabul qilişda foydalangan.











