Jahon çempionati iştirokçilari sonini 48taga yetkaziş qarori 4 variant içidan tanlangan. Bu haqda FIFA rasmiy saytida ma'lum qilindi.

Bugun FIFA kengaşi bir ovozdan 2026 yilgi mundialdan boşlab iştirokçilar sonini hozirgi 32tadan 48taga yetkaziş haqida qaror qabul qildi.

"FIFA jahon çempionati iştirokçilari sonini 2026 yilda 48taga yetkaziş böyiça bir ovozdan qaror qabul qildi. Kengaş Tsyurixdagi FIFA uyida 9-10 yanvar kunlari yiğiliş ötkazdi va 48 terma jamoa 3tadan bölib 16 guruhni taşkil qilişi haqida qaror qabul qildi. Guruhlardan 2tadan jamoa keyingi bosqiçga ötadi va pley-offda 32 iştirokçi böladi.

Turnirning yangi formati şunday tuziladiki, dam oliş kunlari finalga qadar qisqartirilmaydi. Finalgaça avvalgi kabi 7ta öyin ötkaziş kerak böladi. Turnir ötkaziladigan kun 32 kun böladi va klublar bu kunlarda öz futbolçilariga ruxsat beradi.

Qaror çuqur tahlillardan söng, 4ta variantni öz içiga olgan hisobot asosida qabul qilingan. Tadqiqotlarda sportça balans, raqobat, futbol taraqqiyotiga ta'sir qiluvçi omillar, infratuzilmalar, moliyaviy prognozlar va boşqa ehtimoliy oqibatlar hisobga olingan. FIFAning keyingi majlisida turnir formati böyiça batafsil ma'lumotlar, jumladan, konfederatsiyalarga qançadan örin ajratilişi ma'lum qilinadi.

FIFAning 2016 yil oktabrida ötkazilgan majlisida turnir formatini özgartiriş ssenariysi muhokama etilgan. Jarayon 2020 yilgaça davom ettiriladi.

FIFAning keyingi majlisi şu yilning 9 may kuni Bahrayndagi Manama şahrida bölib ötadi".