18-22 yanvar kunlari dunyodagi eng yirik sayyohlik yarmarkalaridan biri hisoblangan Fitur yarmarkasi Madrid şahrida bölib ötadi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi.
11 yanvar kuni bölib ötgan taqdimotda Fitur yarmarkasi muntazam ravişda ötkaziladigan Ifema körgazma markazi ijro qömitasi prezidenti Klemente Gonsales Solerning ma'lum qilişiça, bu 37-yarmarka hisoblanib, yangi rekordlarni qayd etadi. Taxminlarga köra, unda dunyoning 165 mamlakatidan 9 672 kompaniya qatnaşadi, 755 pavilon xizmat körsatadi. Yarmarkaning umumiy maydoni - 62 494 kvadrat metr.
Bu yil Argentinaga alohida e'tibor qaratilişi ta'kidlanmoqda - mamlakat sönggi yillarda turizm sanoatini faol rivojlantirmoqda va sayyohlar orasida ança maşhur bölib bormoqda. Yarmarkada birinçi marta Pokiston, Aruba va Nassau (Bahama orollari poytaxti) qatnaşişi kutilmoqda.
18 yanvarda yarmarka doirasida Jahon sayyohlik taşkiloti tomonidan ötkaziluvçi Barqaror taraqqiy etuvçi turizm yilining rasmiy oçiliş marosimi bölib ötadi.
Asosiy e'tibor tibbiy turizm va şopping-turizmga qaratilişi rejalaştirilmoqda.
Fitur - ITB Berlin yarmarkasidan keyingi ikkinçi eng yirik sayyohlik yarmarkasi hisoblanadi.












