Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karlovning qotili nomsiz qabristonga dafn etiladi
Rossiyaning Anqaradagi elchisi Andrey Karlovning qotili Mavlut Mert Oltintoshning yaqinlari uning jasadini morgdan olib ketishdan bosh tortishdi. Shu bois elchining qotili nomsiz qabristonga dafn etiladigan bo‘ldi. «Anadolu» agentligining xabar berishicha, hozirda dafn marosimi bilan bog‘liq jarayonlar hal qilinmoqda.
Turkiya qonunchiligiga muvofiq, Oltintoshning yaqinlari uning jasadini 15 kun davomida olib ketishlari mumkin edi, biroq jasad 24 kundan beri olib ketilmagan.
Barcha masalalar hal etilganidan keyin terrorchining jasadi nomsiz qabristonga dafn etish uchun mahalliy munitsipalitet vakillariga topshiriladi.
Mavlut Mert Oltintosh 19 dekabr kuni "Rossiya turklarning ko‘zi bilan" ko‘rgazmasi ochilishida nutq so‘zlayotgan Andrey Karlovga qarata o‘q uzgan. Natijada elchi hayotdan ko‘z yumgan. Qotil esa politsiya operatsiyasi davomida o‘ldirilgan.
Mavzuga oid
19:33 / 24.02.2026
Sho‘rchidagi voqea: apellyatsiya sudi qotillikni bezorilikka o‘zgartirdi
14:49 / 24.01.2026
Rossiyada urush qatnashchilarini dafn etish uchun rekord mablag‘ ajratildi
00:30 / 05.07.2025
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
15:40 / 12.02.2025