Vladimir viloyatidagi (Rossiya) Aleksandrov tumanida istiqomat qiluvçi oila özining ikki yoşli farzandi Rasulning ismini Putinga özgartirdi. Bu haqida Aleksandrov tuman FHDYo rahbari Yekaterina Belous RIA "Novosti"ga xabar berdi.
Agentlik suhbatdoşining sözlariga köra, FHDYoga ikki yoşli öğli Rasulning ismini özgartiriş istagini bildirgan Jörayevlar oilasi murojaat qilgan. Bolaning ota-onasi uning ismini Putinga özgartirişga qaror qilişgan.
"Bola Moskva şahrida tuğilgan va şu yerda röyxatga olingan. Biroq Vladimir viloyatida yaşaydi, şu bois oila vakillari uning ismini özgartiriş uçun bizga murojaat qilişga haqlidirlar... Biz bu borada Moskvaga sörov yubordik, u yerda mutaxassislar hujjatlarga özgariş kiritişdi va bizga tuğilganlik haqidagi guvohnomaning yangi nusxasini yöllaşdi. Bola hujjatda Putin Jahongiroviç Jörayev, deya qayd etildi", - dedi FHDYo rahbari.
Mahalliy OAV ma'lumotiga köra, Jörayevlar oilasi asli Tojikistondan. Ular Aleksandrov tumanidagi Legkovo qişloğida yaşaydilar. Bolaning ismini özgartiriş ğoyasi uning RF prezidentini qattiq hurmat qiluvçi bobosidan çiqqan.












