Turkiya Harbiy havo kuçlarining 2015 yil noyabrida Rossiyaning Su-24 samolyotini urib tuşirgan uçuvçisi Fathulloh Gulen taşkilotiga aloqador emas. Bu haqda Turkiyaning sobiq boş vaziri Ahmad Dovudöğli ma'lum qildi.

"Men 2015 yilning 10 oktabrida havo kengliklarimizda paydo böladigan istalgan xavfini yöq qiliş töğrisida buyruq bergandim. Bu buyruq töğridan-töğri Rossiya samolyotlariga qaratilmagandi. Uçuvçining FETO  (Gulen taşkiloti) bilan aloqador bölişi mumkinligiga kelsak, aytişim mumkinki, bunday buyruqni kim bajarişini oldindan bilib bölmasdi. Boş ştab rahbari menga uçuvçi yaxşilab tekşirilgani va uning bu taşkilot bilan aloqadorligi aniqlanmagani haqida aytgan", deyilgan Ahmadöğlining parlament komissiyasi tomonidan iyul voqealaridan keyin ötkazilgan tekşiruv doirasidagi söroviga javobida. Bu hujjat bugun NTV telekanali saytida joylaştirildi.

2015 yilning noyabr oyi oxirida Turkiyaning F-16 qiruvçisi Suriya osmoni ustida Rossiyaning Su-24 bombardimonçisini urib tuşirgan edi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu harakatga "terrorçilar hamtovoqlari tomonidan orqadan berilgan zarba”, deya baho berib, Anqaraga nisbatan bir qator iqtisodiy çoralarni kiritgan edi. 2016 yil iyun oyi oxirida Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan bölib ötgan voqea uçun keçirim söradi  va munosabatlar iliqlaşdi.