Buyuk Britaniya harbiy-havo kuçlari Ruminiyada joylaştirilgan Typhoon qiruvçilarini havoga kötardi, bu NATO havo kengliklari yaqinida Rossiyaga tegişli Su-24 samolyotlari paydo bölgani tufayli yuz berdi. Bu haqda Britaniya harbiy-havo kuçlari saytida xabar qilingan.
Ta'kidlanişiça, Rossiya harbiy-havo kuçlari samolyotlari Alyans havo kengliklarini buzib kirmagan, biroq «Tayfunlar» Su-24 aniqlanganidan keyin uni bir qança vaqt davomida kuzatib bordi.
«Qiruvçilar NATO havo kengliklarini buzişga juda yaqin kelgan Rossiyaning noma'lum samolyotlariga qarata yönaltirildi. Ular NATO havo kengliklariga kirmadi, şuning uçun bosib turuvçi omil sifatida qisqa vaqt davomida samolyotlarni kuzatib boriş haqida topşiriq berildi», - deyiladi Britaniya harbiy-havo kuçlari xabarida.

















