Suriyadagi Xmeymim aerodromida rossiyaliklarning Su-24 rusumli samolyoti halokatga uçradi, ekipaj halok bölgan. Bu ma'lumot Rossiya Mudofaa vazirligining axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti tomonidan tasdiqlangan.
«10 oktabr kuni Xmeymim aerodromidan jangovar topşiriqni amalga oşiriş uçun uçiş çoğida Su-24 samolyoti halokatga uçradi», - deya ma'lum qilgan departament vakili.
U samolyot ekipajini katapulta qilişga ulgurilmagani va ular halok bölişganini ma'lum qilgan. Mudofaa vazirligi samolyot qulaşi oqibatida yerdagilar jabrlanmaganini qöşimça qilgan.
Bundan avval rossiyaliklar samolyoti iştirokidagi halokatli hodisa 2015 yilning noyabrida röy bergan, öşanda Suriya va Turkiya çegarasi yaqinida turkiyalik uçuvçi tomonidan Rossiyaning Su-24 rusumli harbiy samolyoti urib tuşirilgan, hodisa oqibatida rossiyalik uçuvçi Oleg Peşkov halok bölgandi.


















