Adidas Originals markasi Equipment kiyim va poyabzal seriyasiga bag‘ishlangan qisqa metrajli roligini YouTube orqali taqdim etdi.
Filmda ilk marta 1990-yillar boshida namoyish etilgan EQT konsepsiyasining dunyoga kelishiga sabab bo‘lgan omillar va shart-sharoitlar haqida so‘z yuritiladi.
Adidas Originals — Adidas AG kompaniyasining bo‘limi. U 2001 yilda mustaqil yo‘nalish sifatida ajralib chiqqan va sport casual hamda "sportcha hamshamat" uslubiga ixtisoslashgan.










