AQŞ prezidenti Donald Tramp tvitterdagi öz sahifasida videorolikni e'lon qildi, unda Singapurdagi sammit vaqtida Kim Çen Inga körsatilgan tasvirlar bor.

Videoyozuv Oq uyning feysbukdagi sahifasida ham joylaştirilgan. Rolik film treyleriga öxşaş bölib, unda tarixni özgartirgan insonlar hayoti haqida hikoya qilinadi. Yangilik yozilayotgan paytda uni körgan kişilar soni 2 milliondan oşib ketdi.

Videorolik boşida u A Destiny Pictures Productions studiyasi tomonidan yaratilgani aytiladi. Filmda boş qahramonlar sifatida Tramp hamda Kim Çen In tilga olingan.

Kadr ortidagi ovozning videoda aytişiça, Yerda 7 mlrd kişi yaşaydi, ammo ulardan faqat ba'zilarigina tarixga ta'sir körsatişi mumkin. Rolikda rangli tasvirlarda ğarb davlatlari yutuqlari, oq-qora rangda esa - dökonlarning böş peştaxtalari va raketalar parvozi körsatilgan.

«Bu yetakçi öz davlati rivojlanişini tanlab, jahonning bir qismiga aylanadimi? U öz xalqi uçun haqiqiy qahramon böla oladimi?», - deya savol bilan murojaat qilgan kadr ortidagi ovoz.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp Kim Çen Inga iPad’da KXDR kelajagini körsatgani xabar qilingandi.