APLda dekabr oyi böyiça eng yaxşi murabbiy, eng yaxşi futbolçi hamda eng çiroyli gol muallifi aniqlanib, ularga maxsus sovrinlar topşirildi.

«Çelsi» boş murabbiyi Antonio Konte APLning dekabr oyidagi eng yaxşi murabbiyi deb topildi.

Natijada 47 yoşli italiyalik mutaxassis premer-liga tarixida bu sovrinni ketma-ket uç marta qölga kiritgan birinçi murabbiyga aylandi.

Oyning eng yaxşisi böliş uçun undan taşqari «Tottenhem» boş murabbiyi Poçettino, «Liverpul» boş murabbiyi Yurgen Klopp hamda «MYu» boş murabbiyi Joze Mourino da'vogar bölgandi.

«Çelsi» dekabr oyida 6 ketma-ket oltita uçraşuvda ğalaba qozondi. Bu muddatdagi uçraşuvlarda töplar nisbati 13:3ni taşkil qilgan.

«Mançester Yunayted» jamoasi hujumçisi Zlatan Ibrhgimoviç Angliya çempionatida dekabr oyining eng yaxşi futbolçisi sifatida taqdirlandi.

Uşbu 35 yoşli futbolçi dekabrda 6 uçraşuvda maydonga tuşib, 5 gol urgan va 3ta golga uzatma bergan.

Oyning eng yaxşisi böliş uçun şvetsiyalik futbolçidan taşqari Adam Lallana, Aleksis Sançes, Kristian Eriksen, Dele Alli, Diyego Kosta, Gari Keyhill va Ibrahimoviçning jamoadoşi Pol Pogba ham da'vogar bölgandi.

Muxlislar «Mançester Yunayted» yarimhimoyaçisi Genrix Mxitaryanning golini dekabr oyidagi eng çiroyli gol deb topişdi.

APL doirasidagi 18-turning «Sanderlend»ga qarşi uçraşuvda (3:1) futbolçi ofsayddan «çayon zarbasi» usulida gol kiritgandi.