Bolgariyaning janubiy Burgas şahrida noyob tabiat hodisasi – Qora dengiz muzlaganiga guvoh böliş mumkin. 

1954 yildan buyon ilk marotaba Burgas portidagi kemalar muz haykallariga aylaganini köriş mumkin. Mamlakat şimoli-şarqidagi Varna hududida, Varnen köli çekkalarida ham ayni holatga duç kelasiz. Bu yerda, sönggi bir asr mobaynida suv atigi 3 marta - 1929, 1942 va 1954 yillarda muzlagan, deb yozadi "Trud" naşri.

Dunay daryosini töliq muz qoplagani sababli, kema qatnovi töxtatilgan. Bolgariya şimoli-şarqi va Burgas şahri hududlarida qor uyumlari avtomobil harakatini çeklagan. 

"Bolgariyada yanvar oyidagi havo harorati oxirgi 15 yillik örtaça oylik me'yordan 2-3 darajaga pastdir", - deb qayd etgan Metrologiya va gidrologiya milliy instituti şaxobçasi direktori Ivan Ivanov. 

Şu bilan birga, sinoptiklar yanvar oyi oxirigaça havoning qisqa muddatga bölsa-da, iliqlaşuvini va'da qilişmayapti. Bolgariya hududidan Örta yer dengizining siklonlari ötadi, bu esa, qor yoğişi va kuçli şamolga sabab böladi. 

Ötgan tunda mamlakatdagi havo harorati Tselsiy şkalasi böyiça manfiy 20 daraja atrofida bölgan.