«Bunyodkor» klubi yarim himoyaçisi, Osiyoning 2015 yildagi eng yaxşi yoş futbolçisi sifatida taqdirlangan Doston Hamdamov faoliyatini Rossiya klubi safida davom ettirişi mumkin.
«Championat.asia» naşri xabariga köra, Grozniyning «Terek» klubi uşbu futbolçiga qiziqiş bildirmoqda. Çeçenistonliklar jamoasi ayni vaqtda Rossiya Premer-ligasida 17 tur uçraşuvlaridan keyin törtinçi örinda joylaşgan. Jamoada tojikistonlik Raşid Rahimov boş murabbiy.
Sardor Raşidov «Bunyodkor»ni tark etgaç, uning örnida aynan Dostonbek Hamdamov yetakçiga aylangandi.
Doston Hamdamovning «Bunyodkor» bilan şartnomasi bor, lekin bu şartnoma qança muddatga tuzilgani, uning transferi uçun toşkentliklar jamoasi qança mablağ söraşi ma'lum emas.
U Özbekiston ösmirlar terma jamoasi safida 2012 yil qit'a çempionligini qölga kiritgan. U şuningdek 2015 yilda yoşlar örtasidagi jahon çempionatida ham iştirok etib, jamoa bilan çorak finalga qadar yetib borgan.












