Kun.uz Dubaydan reportajlar e'lon qilişda davom etadi. Bu gal ham #FootWeek körsatuvini amirliklarning maşhur şahrida suratga oldik. Ötgan gal «Paxtakor»ning «Zenit»ga qarşi örtoqlik öyinidan reportaj tayyorlagan, Roman Gutsayt, Konstantin Geniç va Nobel Arustamyan kabi «Matç TV»ning maşhur şarhlovçilari bilan kiçik intervyular uyuştirgandik. Şuningdek, körsatuv davomida Dubayda bölib turgan milliy jamoa boş murabbiyi Vadim Abramov ham ba'zi mavzularda fikrini bildirgandi.
Bu gal körsatuvda asosiy urğu Özbekiston milliy jamoasi futbolçisi Doston Hamdamov bilan intervyuga berildi. Ma'lumot uçun, Doston suratga oliş jarayonida hali «An Nasr»da töp tepayotgan va «Hatta» klubiga ijaraga berilmagandi.
Hamdamovning aytişiça, unda Xitoy, Janubiy Koreya va AQŞ çempionatlarida öynaş imkoniyati bölgan. Şuningdek, «Paxtakor» ham yangi şartnoma taklif qilgan, lekin Doston çet elda öynaş xohişi kuçlilik qilib, Dubayga yöl olgan. Koreya, Xitoy va AQŞda ayni damda koronavirus sabab yaxşi holat hukm surmayapti. Dostonning aytişiça, aynan şu uçun – Dubayda hayot tarzi erkin bölgani sabab «An Nasr»ga ötişni istagan. «Pulni birinçi öringa qöymadim», deydi Hamdamov.

«Abramov nimaga intilayotganimizni tuşuntirib bera oladi...»
Özbekiston milliy jamoasining asosiy kreativ vakillaridan biri bölgan Dostondan milliy jamoa va JÇ-2022 saralaş öyinlari haqida söramasak, bölmasdi. Hamdamov oxirgi öyinlardagi xursand qilişi qiyin bölgan natijalarga qaramay, Özbekiston JÇ-2022 yöllanmasini qölga kiritişiga işonmoqda. Undan bu işni Vadim Abramov bilan birga amalga oşiriş mumkinmi, deb söradik. Doston Abramov bu borada yetarliça kuçli murabbiy ekanini şunday tuşuntirdi: «Vadim Abramov biz qanday maqsad tomon intilayotganimizni, bu uçun nima kerak ekanini juda yaxşi tuşuntirib bera oladi», dedi milliy jamoa futbolçisi.

«Paxtakor»ning maqsadlari özgardimi?
Doston Hamdamov «Paxtakor» Şota Arveladze, uning ortidan Maşaripov, Sergeyev kabi futbolçilar ketganiga qaramay, oldiga qöyilgan vazifalarni özgartirmasligini aytdi. Hamdamovning fikriça, «Paxtakor» hamon özi qatnaşayotgan barça musobaqalarda ğoliblik uçun kuraşadigan holatda. Futbolçi klubda moliyaviy muammolar ham yöqligini aytdi.












