EyesOn Design Award har yillik tanlovi hakamlar hay'ati Detroytdagi motorşouning eng yaxşi dizaynga ega yangiliklarini aniqladi. Ekspertlar kontseptlar va seriyali avtomobillar örtasidagi ğoliblarni ma'lum qilişdi.

Kontseptual modellar yönalişida eng yaxşi dizayn uçun mukofot Nissan Vmotion 2.0’ga berildi. U markaning bölajak sedanlari dizayni yönalişini körsatib berdi. Bundan taşqari, kontsept “ranglar, grafika va materillarni innovatsion qöllaş” uçun ham mukofotga loyiq topildi.
Detroytda seriyali yangiliklar orasida Kia’ning tarixdagi eng kuçli modeli - Stinger fastbeki sovringa ega çiqdi. U 3,3 litrli 355-kuçli “oltilikka” ega (motor tarkibiga şuningdek ikki litrli 255 ot kuçiga ega bölgan turbomotor ham kirdi).

Lexus LS yangi avlod sedani tanlov hay'ati tomonidan “içki qismni eng yaxşi jihozlaş” yönalişi böyiça mukofotga ega çiqdi. Seriyali “traklar” (yöltanlamaslar, minivenlar va hokazo) orasida esa 2018 model yilgi Chevrolet Traverse eng yaxşi deb topildi. Kontseptual “traklar” orasida eng yaxşi dizayn sohibi deb - Volkswagen I.D. Buzz kontsepti tan olindi.

Şuningdek, tanlov hay'ati BMW’ning yangi avloddagi “beşi”ni ham mukofotga loyiq kördi. Sedan eng omadli foydalanuvçilar interfeysi böyiça ğolib deb topildi.