Qirğizistondagi maktablar 2016-2017 öquv yilining ikkinçi yarmidan 5 kunlik ta'lim tizimiga ötmoqda. Bu haqida Qirğiziston Respublikasi Ta'lim vazirligining matbuot xizmati  «24.kg» naşriga xabar berdi. 

“II yarim yillikdan respublikaning barça tur va şakldagi umumta'lim maktablarining 1-11- sinflarida ta'lim oluvçilari uçun - beş kunlik öquv haftasi, haftalik öquv yuklamasi 30 soatdan oşgan taqdirda – olti kunlik öquv haftasi belgilansin”, - deyiladi idora hujjatida. 
Bugungi kunda Davlat ta'lim standarti tomonidan tasdiqlangan öquv yuklamasi quyidagiça: 1-5-sinflar – 20 soatdan 30 soatgaça, 6-11-sinflar – 30-33 soat. Şunga muvofiq, öquv haftasining oltinçi kuniga maktab qöuvçilarining ota-onalari bilan kelişgan holda qöşimça ta'lim xizmatlarini köçiriş tavsiya qilinadi. 

Qirğiziston boş vaziri 2016 yilning noyabrida hukumatning uşbu qarorini imzolagan. Ta'lim vazirligi şunga muvofiq buyruq tayyorlab, bu borada ota-onalarni xabardor qilişi kerak bölgan.