Ayni kunlarda AQŞning yangi prezidenti Donald Trampga işlarni topşirayotgan AQŞning 44-prezidenti Barak Obama Oq uydan öziga tegişli narsalarni köçira boşladi.
Obamaning oilasi uzoqqa köçmasligi ma'lum böldi. Obama öz oilasi bilan Vaşingtonning nufuzli Kalorama tumaniga köçib ötadi. Obama bu yerda 9 ta yotoqxonasi va 8 ta vannaxonasi bölgan, avval Bill Klintonning matbuot kotibi Jo Lokxartuga tegişli bölgan uyni oyiga 22 ming dollardan ijaraga oladi.
Sanoqlik kunlardan keyin rasman AQŞ prezidenti böladigan Tramp Oq uyda an'anaviy tarzda mavjud bölgan birinçi xonimga tegişli ofisni yopib, uning örniga "birinçi oila ofisi"ni joriy qilmoqçi. Bu yerda Trampning rafiqasi Melaniya va qizi Ivanka faoliyat yuritişadi.











