Respublikamizda aholini sifatli, xavfsiz va arzon dori-darmon vositalari bilan ta'minlaşga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Şunga qaramay, sifati kafolatlanmagan, taşiş va saqlaş qoidalarigi rioya qilinmagan dori-darmon va farmatsevtika mahsulotlarini bojxona nazoratidan yaşirinça olib kirişga urinib, inson uçun eng aziz ne'mat – sihat-salomatlikka jiddiy xavf tuğdirayotgan şaxslar ham uçrab turibdi.
Samarqand viloyat bojxona boşqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi boşqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda dori-darmon vositalarining noqonuniy savdosiga qarşi çora-tadbirlar muntazam olib borilmoqda.
Raqamlarga murojaat qilsak, ötgan 2016 yilda viloyatda mazkur yönalişda 17 ta qonunbuzarlik holatlari foş qilingan bölib, natijada qiymati 600 mln. sömdan ortiq bölgan salkam 9,2 ming dona dori-darmon vositalarining noqouniy olib ötilişiga çek qöyilgan. Mazkur holatlarning 4 tasi böyiça jinoiy işlar qözğatilgan.
Jumladan, Samarqand xalqaro aeroportida “Moskva-Samarqand” reysi böyiça parvozini yakunlagan Ş.Töxtayevning (ismi-şarifi özgartirilgan) qöl yuklari bojxona nazoratidan ötkazilganda, uşbu şaxs yölovçi bojxona deklaratsiyasida va bojxonaçilarning oğzaki sörovi paytida ma'lum qilmasdan turib, xorijda işlab çiqarilgan, tegişli hujjatlari bölmagan qiymati 300 mln. sömlik 31 turdagi salkam 4 ming dona dori vositalarini bojxona nazoratidan yaşirinça olib ötişga uringani aniqlandi.
Ekspertlarning xulosasiga köra, uşbu şaxsdan olib qöyilgan dori vositalarining 18 turdagisi davlat reyestrida qayd etilmagan, 13 turdagisi esa mavjud normativ talablarga javob bermaydi. Şu boisdan uşbu mahsulotlar örnatilgan tartibda yöq qilindi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Davlat daromadiga ötkaziladigan mol-mulkni olib qöyiş, sotiş yoki yöq qilib taşlaş tartibini takomillaştiriş töğrisida» 2009 yil 15 iyuldagi 200-sonli qaroriga muvofiq, huquqbuzarlik aşyosi tariqasida olingan heç qanday hujjatlari bölmagan etil spirti, tamaki va alkogolli mahsulotlar, dorivor vositalar va tibbiyot buyumlari, oziq-ovqatga biologik aktiv qöşimçalar, oziq-ovqat qöşimçalari, ekspertiza xulosasiga köra yaroqsiz deb topilgan tovarlar yöq qilinadi.
Samarqand viloyati bojxona boşqarmasi
Axborot xizmati











