Şveytsariyaning Omega soatlar brendi öz tarixida birinçi marta Instagram orqali sotuvlarini yölga qöydi. Bu haqida 13 yanvar, juma kuni brendning matbuot-xizmatida ma'lum qilindi.
4 soatu 15 daqiqa va 43 soniya içida Instagram'da Speedmaster “Speedy Tuesday” Limited Edition modelining barça 2012 dona nusxasi sotib bölindi. Soat narxi - 5800 Şveytsariya franki (taxminan 5400 yevro); umumiy daromad 11,7 million Şveytsariya frankini (taxminan 11 million yevro) taşkil qildi.
Soat dizayni Omega Speedmaster'ning 1978 yilda NASA buyurtmasiga köra işlangan “Alaska Project III”modelidan ilhomlanib yaratilgan. Yangi model zanglamaydigan pölatdan işlangan satin korpus va yirik raqamlar bilan ta'minlangan. Yarimşaffof kumuş-oq rangdagi hisoblagiçlar qora siferblat fonida qora alyuminiy bilan öralgan. Barça belgi va hisoblagiçlar yorqin lyuminessent bilan qoplangan. Modelda 1861 kalibri qöllangan. Orqa qopqoqda dengiz otining tasviri tuşirilgan, atrofida esa yozuv bor: Speedy Tuesday Anniversary — A Tribute To Alaska Project III, şuningdek çeklangan seriya tarkibida nusxa raqami mavjud.
Omega prezidenti va ijroçi direktori Reynald Eşlimann Speedmaster muxlislarini "öz sevimli soatlariga juda iştiyoqmand va Omega brendiga sodiq", deb atadi. U brendning virtual jamiyatiga bölgan munosabatni bebaho, deya baholadi. "Biz mijozlar ehtiyojini qondirişdan manfaatdormiz, axir", - qöşimça qildi u.
Şveytsariyaning soat işlab çiqarişga ixtisoslaşgan Omega kompaniyasiga 1848 yilda La-Şo-de-Foneda Lui Brandt tomonidan asos solingan.












