Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov davlat rahbari va hukumat devoni işlar boşqaruvçisi bölgan boş vazir örinbosari Satlik Satlikovni öz vazifasidan ozod qildi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.
Prezident tomonidan tegişli qaror hukumatning 2016 yil yakunlariga bağişlangan kengaytirilgan yiğilişida qabul qilindi.
Şamuxammet Durdiliyev esa Aşxobod hokimi etib tayinlandi. U hukumatda quriliş va elektroenergetika masalalariga javob bergan. Transport va aloqaga javobgar bölgan Satlik Satlikov Balkon viloyati (Turkmaniston ğarbidagi viloyat) hokimi böldi.
Bunga qadar mamlakat temir yöl transport vaziri lavozimini egallagan Bayram Annameredov va “Turkmanavtoyöllari” davlat konserni raisi bölib işlangan Dadeboy Amangeldiyev yangi boş vazir örinbosarlari etib tayinlandi. Annameredov hukumatda transport va aloqaga javob bersa, Amangeldiyev – quriliş va elektroenergetika masalalari bilan şuğullanadi.
Şuningdek, davlat rahbari Mammetniyoz Nurmammedovni Turkmaniston prezidenti va hukumati devoni işlar boşqaruvçisi etib tayinladi. Miratniyoz Abilov esa mamlakat kommunal xöjalik vaziri bölib işlaydigan böldi. U avval mamlakat poytaxti hokimi edi.
Bundan taşqari, Berdimuhamedov Balkon viloyati hokimi Durdi Durdiyevni öz işida yöl qöygan jiddiy kamçiliklari sabab işdan böşatdi.












