«Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Sky Sports jurnalisti Terri Anrining Joze Mourino («MYu») yoki Xosep Gvardioladan («Manchester Siti») qaysi biri kuchli ekani haqidagi savoliga javob berdi.

- Joze yoki Pep?

- Ikki buyuk murabbiy. Ikki xil toifadagi odam. Menda ularning ikkalasi bilan ham ishlash imkoniyati bo‘lgan.

Men ikkalasi bilan ham g‘alaba qozonganman. Ammo ularning bittasi menda ko‘proq taassurot qoldirgan, – dedi Ibrahimovich.