09:35 / 15.01.2017
8229

Video: Gang daryosida qayiq ag‘darilishi oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi

Gang daryosida yo‘lovchi qayiq ag‘darilishi oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi. Bu hodisa daryoning Bihar shtati hududidan o‘tgan qismida ro‘y bergan.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, Patna shahri yaqinida qayiq ag‘darilgan.

Reyter nashri yozishicha, bunga qayiqqa haddan ortiq kishi chiqqandi. Undagi odamlar induistlarning Makara-sankriti bayrami doirasidagi ilonlar festivalidan qaytayotgandi.

30 kishilik sig‘imga ega qayiqda jami 50 kishi bo‘lgan, 12 kishi xavfsiz joygacha suzib kela olgan. 8 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Shtat rahbari Nitish Kumar hodisa bo‘yicha tekshiruv boshlashga ko‘rsatma bergan.

Mavzuga oid
Top