Italiya A seriyasining 20-turidan örin olgan yana oltita uçraşuv bölib ötdi. Yevropa çempionlar ligasi uçun beriladigan yöllanma beruvçi örinlar uçun kuraş olib boradigan uç jamoa ğalaba qozondi.

«Napoli» öz uyida autsayderlardan biri «Peskara»ni qabul qilib işonçli ğalabani qölga kiritdi. «Udineze» uyiga safar uyuştirgan «Roma» esa Radja Nainggolan tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga muhim uç oçkoni qölga kiritdi.

Şuningdek, Rimning boşqa bir jamoasi «Latsio» ham bu turda ğalaba qozondi — 2:1. Qolgan uçraşuvlarda qayd etilgan natijalar bilan quyida tanişib olişingiz mumkin.

Italiya A seriyasi, 20-tur

Napoli – Peskara 3:1 (0:0)
Gollar: 1:0 – 47 Tonelli, 2:0 – 49 Hamşik, 3:0 – 85 Mertens, 3:1 – 90, penalti Kaprari.

Udineze – Roma 0:1 (0:1)
Gol: 0:1 – 12 Nainggolan.

Kalyari – Jyenoa 4:1 (2:1)
Gollar: 0:1 – 28 Simeone, 1:1 – 40 Borrello, 2:1 – 44 Joao Pedro, 3:1 – 60 Borrello, 4:1 – 64, penalti Farias.
Çetlatiş: Kapuano (79, Kalyari).

Latsio – Atalanta 2:1 (1:1)
Gollar: 0:1 – 21 Petanya, 1:1 – 45 Milinkoviç-Saviç, 2:1 – 68, penalti Immobile.

Sampdoriya – Empoli 0:0

Sassuolo – Palermo 4:1 (2:1)
Gollar: 0:1 – 9 Kvayson, 1:1 – 15 Matri, 2:1 – 24 Raguza, 3:1 – 66 Matri, 4:1 – 83 Politano.