Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Misrga rasmiy taşrif bilan keldi, deb xabar bermoqda "BelTA" axborot agentligi.
Ta'kidlanişiça, Lukaşenko samolyoti Qohira xalqaro aeroportiga qöngan. Lukaşenkoni trap oldida Misrning sayyohlik işlari böyiça vaziri Muhammad Yahyo Raşid kutib olgan.
Lukaşenko 15 yanvarda Misr prezidenti Abdul-Fattoh as-Sisiy bilan uçraşadi. Muzokaralar avval tor, keyin keng tarkibda bölib ötadi.
Muzokaralar natijalariga köra turli sohalarda hamkorlikni rivojlantiriş böyiça bir neçta hujjatlar imzolanişi kutilmoqda.
16 yanvarda Lukaşenko Misr boş vaziri Şarif Ismoil bilan uçraşadi hamda Belarus-Misr işçi forumida iştirok etadi.












