Tereza Mey Buyuk Britaniyaning AQShdagi Vogue jurnali muqovasida surati beriladigan ilk bosh vaziriga aylanadi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Muqovaga surat Mey qarorgohida o‘tgan hafta olindi. Muallif - Enni Leybovits.
Bosh vazir tasvirlangan jurnalning aprel oyi soni martda sotuvga chiqariladi.
Ma'lumot uchun, Britaniyaning avvalgi bosh vaziri Margaret Tetcher Vogue’ning Britaniyadagi nusxasi muqovasida paydo bo‘lgan. Biroq jurnalning AQShdagi nusxasida Birlashgan Qirollik bosh vazirlari surati hali berilmagandi.











