Britaniya boş vaziri Tereza Mey qiroliça Yelizaveta II’dan egallab turgan lavozimidan ozod etişni sörab iste'foga çiqdi.

Mey boş vazir sifatida deputatlar bilan oxirgi savol-javoblar sessiyasini ötkazib va öz devonxonasi xodimlari bilan xayrlaşib, Bukingem saroyiga qiroliça qabuliga yöl olgan va u yerdan parlament quyi palatasining oddiy deputati maqomida çiqqan.

Mey ketidan Konservativ partiya yetakçisi etib saylangan Boris Jonson qiroliça qabuliga yöl oladi. U qiroliça yonidan boş vazir sifatida çiqadi va yangi maqomdagi ilk nutqidan keyin öz hukumatini şakllantirişni boşlaydi.

Mey Britaniya hukumatiga 2016 yil 13 iyuldan boşçilik qilib kelgan. U joriy yilning 7 iyunida Yevropa Ittifoqidan çiqiş böyiça muzokaralar muvaffaqiyatsiz keçayotgani sababli Konservativ partiya yetakçisi lavozimidan ketgan. Şu bilan birga u partiyaga yangi yetakçi saylangunça boş vazir vakolatlarini bajarib turgan. 23 iyulda partiyaga Londonning sobiq meri va sobiq taşqi işlar vaziri Boris Jonson yetakçi etib saylangan.