Chevrolet avtomobilsozlik kompaniyasi va Warner Bros. kinostudiyasi birgalikda LEGO öyinçoğidan Betmenning maşinasi – betmobilning asl ölçamdagi nusxasini yaratişdi.

Öyinçoq maşina Detroytda bölib ötayotgan motorşouda 14 yanvarda namoyiş qilindi. LEGÖdan betmobilni yasaş bilan Cody Rouge Community Action Alliance CDC (CRCAA) notijorat taşkiloti volontyorlari şuğullanişgan.

Uşbu maşina naqd 770 kg yuk bosgan. Maşinaning uzunligi 5,2 metr, balandligi 2,1 metr, eni esa 2,8 metrni taşkil qilgan. Maşina ramasini yasaş uçun kvadrat şakldagi alyumin profildan 26 metr ketgan. Maşinani yasaş uçun 17 xil rangdagi 344 187 kubik işlatilgan. Maşinani loyihalaş uçun 222 soat, quriş uçun esa 1833 soat sarflangan. Agar bu iş bilan bir odam şuğullanganda buning uçun bir yil sarflagan bölardi.

Betmobil ekranlarga çiqariladigan "Lego Film: Betmen" kompyuter-animatsion multfilmini qöllab-quvvatlaş uçun yasalgan. Komikslar qahramoni Betmen haqidagi  multfilm keyingi oyda ekranlarga çiqariladi.

Chevrolet kompaniyasi lego kubiklaridan maşina yasagan birinçi kompaniya emas. 2016 yil yozida Ford kompaniyasi Circuit de la Sarthe körgazmasida legodan yasalgan Ford GT sportkarini namoyiş qilgan. Şuningdek, ötgan yili Porsche 911 GT3 RS maşinasini 1:8 nisbatda quriş mumkin bölgan LEGO töplami sotuvçi çiqqan.