Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng badavlat 8 ishbilarmon boyligi dunyo aholisi yarmining mablag‘iga teng
Dunyodagi eng boy sakkizta ishbilarmonning boyligi 3,6 milliard insonning davlatiga teng. Bu haqda Oxfam tashkiloti «An economy for the 99 percent» hisobotiga asosan xabar berdi.
Tadqiqotda badavlat va kambag‘al insonlar o‘rtasidagi farq avvalgidan ham oshgani aytiladi.

Ekspertlarning ma'lum qilishicha, soliqlardan bo‘yin tovlagan tadbirkorlar to‘lovlarni kamaytirib, siyosatga o‘z ta'sirini o‘tkazadi. Bu esa oradagi farqni yanada oshiradi.
Hisobotda ta'kidlanishicha, trillionga ega bo‘lgan birinchi inson yaqin 25 yil davomida paydo bo‘lishi mumkin. Shu bilan bir qatorda, har o‘ninchi inson kuniga 2 AQSh dollaridan kam pulga yashaydi.
«Butun dunyo bo‘ylab aksariyat kishilarning maoshi pasaymoqda, ularning xo‘jayinlari esa bonus sifatidagi millionlab dollarlarni oladi. Ularda tibbiyot xizmatlari va ta'lim olishga yetarli sharoit yo‘q, korporatsiyalar va eng boy odamlar esa soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaydi. Hukumatlar ham ularga moslashib olgan», - deya ma'lum qildi Oxfam ijrochi direktori Vinni Byanima.
Avvalroq, dunyodagi eng badavlat insonlarning boyligi 2016 yilda 237 milliard AQSh dollariga ko‘paygani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:55 / 20.06.2026
Nodirbek Abdusattorov jahon shaxmat reytingida eng yuqori uchtalikka kirdi
09:00 / 13.06.2026
25 yilda dunyoning eng boy davlatlari reytingi qanday o‘zgardi?
19:40 / 06.06.2026
Turk milliarderi latifa aytgani uchun javobgarlikka tortilishi mumkin
08:17 / 01.06.2026