Ma’lum qilinişiça, “Dolzarb 40 kun” tadbirlarining asosiy maqsadi hududlarda sanitariya-tozalaş işlarini yanada kuçaytiriş, çiqindilarni boşqariş tizimini takomillaştiriş hamda aholining ekologik madaniyatini oşirişdan iborat.

Tasdiqlangan rejaga muvofiq, Ekologiya qömitasi huzuridagi Çiqindilarni boşqariş va tsirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi, uning viloyatlar va Toşkent şahar hududiy boşqarmalari, şuningdek, “Çiqindi poligonlarini boşqariş direksiyasi” davlat muassasasi tomonidan respublika böylab keng kölamli amaliy tadbirlar taşkil etilmoqda.

Tadbirlarni samarali muvofiqlaştiriş maqsadida agentlik, hududiy boşqarmalar va tizimdagi taşkilotlarda maxsus ştablar tuzilgan. Şuningdek, har bir hududiy boşqarmaga mas’ul xodimlar biriktirilib, navbatçilik tizimi hamda amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan kunlik monitoring yölga qöyilgan.