"Barselona" yarim himoyaçisi Xerard Pikening rafiqasi, maşhur qöşiqçi Şakira turmuş örtoğiga Ispaniyada katta bosim ötkazilayotgani sababli uning klubni tark etişini istamoqda. Bu haqda Don Balon naşri xabar bermoqda. 

Naşr ma'lumotlariga köra, qöşiqçi futbolçi bilan Londonga köçib ötişni istamoqda. Bu yerda Pike avval unga qiziqiş bildirgan "Çelsi" yoki "Arsenal" safida töp surişi mumkin.

Pike öz faoliyatini "Mançester Yunayted"da boşlagan va bu klub uçun 2004 yildan 2008 yilgaça töp surgan, söngra "Barselona"ga ötgan.