Ozarboyjon poytaxti Boku şahrida erkin va yunon-rum kuraşlari böyiça kadetlar örtasida an'anaviy xalqaro turnir bölib ötdi. Unda 2000-2002 yillarda tuğilgan ösmir sportçilar iştirok etişdi. Özbekiston terma jamoasi a'zolari musobaqada har ikkala yönalişda gilamga çiqişdi. Bu haqda Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ikki kunlik bellaşuvlar yakuniga köra özbekistonliklar jami 12ta medalga sazovor bölişdi. Şulardan 3 tasi oltin, 4 tasi kumuş va 5 tasi bronza medallari.
Jumladan, yunon-rum kuraşi böyiça Laziz Toşkentboyev (42 kg) va Şarofiddin Ernazarov (100 kg) 1-örinni qölga kiritgan bölsa, Akmal Akramov (54 kg), Yergali Ayximbayev (76 kg) 2-örinni egallaşdi. Uçinçi örin esa Eldor Karimov (46 kg), Javohir Samatov (58 kg) va Muhammadqodir Rasulovga (63 kg) nasib etdi.
Erkin kuraş böyiça Umid Jalolov (42 kg) 1-örin,
Jamşid Ma'rufov (50 kg), Feruz Yakubov (58 kg) 2-örin,
Arslon Rahimov (46 kg), Ixtiyor Normurodov (63 kg) 3 – örinni egalladi.











