16 yanvar kuni Özbekiston Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatga taşrif buyurgan Yaponiya parlamenti maslahatçilar palatasi deputati Yuxey Yumaşita boşçiligidagi parlament missiyasini qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma'lum qildi.

Delegatsiya tarkibida deputatlar Mizuxo Onuma, Yuka Miyazava, Mitsuko Işii ham bor.

Suhbat çoğida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalarda Özbekiston va Yaponiya örtasidagi munosabatlarning holati va rivojlaniş istiqbollari muhokama qilindi. Mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşildi.

Muloqot davomida «Taraqqiyotga rasmiy kömak» nomli Yaponiya hukumat dasturi doirasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Uçraşuvda Yaponiya elçisi Nobuaki Ito iştirok etdi.