17 yanvar kuni Strasburgda Yevropa parlament assambleyasining plenar sessiyasida Yevroparlament raisi saylovi bölib ötadi.
Martin Şults ötgan yilning noyabr oyida YeP rahbari lavozimidan ketiş va Germaniyada Sotsial-demokratik partiyaning Şimoliy Reyn-Vestfaliya federal yerligidagi nomzodlari röyxatini boşqariş niyati borligini bildirgan edi.
Kuzatuvçilarning fikriça, YeI oliy parlament organi rahbarligiga Antonio Tayani, sotsialist Janni Pitella va liberal Gi Verxofstadt nomzodi kuraş olib boradi. Yevroparlament raisi yaşirin ovoz beriş yöli bilan aniqlanadi.
63 yoşli italyan siyosatçisi Antonio Tayani Yevroparlamentning eng köpsonli siyosiy fraksiyasi – öng markazçi Yevropa xalq partiyasi vakili hisoblanadi. U bir vaqtlar Yevropa sanoat va tadbirkorlik böyiça yevrokomissari lavozimida ham faoliyat yuritgan.
Tayanining vatandoşi – 58 yoşli Janni Pitella Yevropa sotsialistlar partiyasi nomzodi hisoblanadi. Pitella Yevroparlamentda ayni partiya fraksiyasini boşqaradi.
Va nihoyat, Belgiyaning sobiq boş vaziri Gi Verxofstadt Yevropa liberal demokratlari fraksiyasiga rahbarlik qiladi.
Yevroparlament deputatlarining 50 foizi va yana bir ovozini töplagan nomzod raislikka saylangan hisoblanadi. Ekspertlar, öz navbatida, 63 yoşli italyan siyosatçisi Antonio Tayanining imkoniyatlarini yuqori baholaşmoqda.












