AQŞning General Motors kompaniyasi 2017 yilda 20 ga yaqin yangi avtomobilini taqdim etişni rejalaştirgan. Biroq, qayd etiş kerak, bu saxiylikdan barça birdek xursand bölişiga asos yöq. Gap şundaki, 18 ta yangi model maxsus Xitoy bozori uçun möljallangan. 2016 yil yakuniga köra, bu mamlakatda General Motors kompaniyasiga tegişli brendlar ostida işlab çiqilgan 3,87 mln dona avtomobil sotilgan.
Kompaniya matbuot xizmatida ma'lum qilişiça, kutilayotgan 18 ta yangi modelning teng yarmi krossoverlar va ixçam minivenlardir. Sotiş yoki debyut uçun tayyorlanayotgan modellar Buick, Chevrolet, Cadillac, Baojun va Wuling brendlariga tegişli.

Ularning bir qismi qaysi modellar ekani hozirdanoq ma'lum, bular: gibrid modifikatsiyadagi Buick LaCrosse, Chevrolet Malibu XL va Cadillac CT6.

Bundan taşqari, General Motors Xitoyda yangi işlab çiqariş quvvatlarini barpo etiş bilan bu mamlakatdagi örnini mustahkamlaş niyatida ekanini ma'lum qilgan. Bu yil Uxandagi SAIC-GM qöşma korxonasida gibrid va elektromobillar uçun akkumulyatorlar işlab çiqariş yölga qöyiladi.
Şanxayda esa Panosiyo avtomobil tadqiqotlari va işlab çiqariş markazi iş boşlaydi. Unda dizayn-studiya va aerodinamik quvur ham mujassamlaşadi.

2016 yil GM kompaniyasi Xitoyda rekord miqdorda avtomobillarini sotgan. Eng maşhur modellar sifatida esa Buick, Baojun va Cadillac qayd etilgan. Kontsernning Xitoydagi şö'ba korxonasi vitse-prezidenti Met Tsenning sözlariga köra, 2017 yil yangi xizmat va modellar taklif qilinişi sababli yanada omadli bölişi kutilayapti.












