Xitoyning Xebey viloyatilik amaldor Sina Weibo ijtimoiy tarmoğida Xitoy Xalq Respublikasi sobiq raisi Mao Tszedunni iblis deb atagani uçun öz lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Global Times gazetasi xabar bermoqda.

Gazeta ma'lumotlariga köra, Xitoy televideniye va radiouzatiş, kinematografiya, naşriyot, matbaa işi böyiça davlat boşqarmasining Şitszyaçjuan şahridagi rahbari örinbosari Tszo Çunxe öz sahifasida Mao Tszedunni “iblis”, şuningdek uning tavallud kuniga (26 dekabr) uyuştiriladigan har yillik tadbirlarni “şaxsga siğiniş böyiça dunyodagi eng yirik holat” deb yozgan.

Şundan söng Tszo Çunxe işdan böşatildi. Bundan taşqari unga ma'muriy ogohlantiriş ham berildi. Xabar qilinişiça, u “Weibo’da notöğri fikrlarni yozib qoldiriş, şuningdek partiya tartib-intizomini jiddiy ravişda buzişda” ayblandi. Uning Weibo’dagi sahifasi öçirib taşlandi.

Xitoyda sobiq rais Mao Tszedunning ismi bilan boğliq yana bir mojaro 2015 yilda röy bergandi. Öşanda internet tarmoğida şaxsiy keçki ovqat tadbiri paytida tasvirga tuşirilgan 75 soniyali video paydo bölgan. Unda CCTV telekanalining 56 yoşli boşlovçisi Bi Futszyan Pekin operasi yönalişidagi inqilobiy qöşiq kuylay turib, Xitoy asosçisi – Mao Tszedun haqida “nomaqbul” söz işlatgan. Şundan söng Futszyan efirdan çetlatildi. 

Ma'lumot uçun, Mao Tszedun XXR raisi lavozimini 1954-1959 yillarda egallagan.