2016 yildagi sekin ösiş körsatkiçlaridan keyin 2017-2018 yillardagi iqtisodiy faollik, taxminlarga köra, tezlaşadi, bu ayniqsa  rivojlanayotgan mamlakatlarga tegişli. International Monetary Fund (Xalqaro Valyuta Fondi - XVF) rasmiy sahifasida şu haqida xabar berildi. 

Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning 2017-2018 yilgi istiqbollari yaxşilandi, bu 2016 yilning ikkinçi yarmidagi yuqori faollik hamda Qöşma Ştatlardagi rejalaştirilgan moliyaviy rağbatlantiriş ifodasidir. 

Moliyaviy şart-şaroitlar qat'iylaştirilgan rivojlanayotgan mamlakatlar va bozori şakllanayotgan mamlakatlar uçun ösiş istiqbollari biroz yomonlaşgan. Iqtisodiyotni rağbatlantiriş çora-tadbirlari kutilayotgani hisobiga Xitoy istiqbollarining yaqin orada ösişi qayta körib çiqilgan, lekin boşqa yirik mamlakatlar - Hindiston, Braziliya va Meksika istiqbollari prognozlari pasaytirilgan.

Dunyo bozorlari AQŞ hukumati tepasiga Donald Trampning yangi respublikaçi ma'muriyati kelişi munosabati bilan mamlakat iqtisodiy siyosatida özgarişlar bölişini kutişmoqda. Xalqaro valyuta fondining yangilangan prognoz-tahliliy hisobotini taqdim etgan boş iqtisodçi Moris Obstfeld şu haqida ma'lum qildi. 

"Bozorlar Oq uy va Kongress olti yil içida birinçi marta bir partiya qölida ekanligiga diqqatni qaratmoqda va bu özgariş soliq stavkalarini kamaytirişga va ehtimol, infratuzilma va mudofaa xarajatlari oşişiga işora qiladi", - deydi Obstfeld. 

Şu asnoda XVF AQŞdagi iqtisodiy körsatkiçlarini ösiş tomon qayta körib çiqdi - 2017 yilda 2,3 foizga va 2018 yilda 2,5 foizga. Biroq iqtisodçi AQŞning davlat xarajatlari va unga doir körsatkiçlari qançalik ösişi ayon bölganidan keyingina nisbatan aniq prognozlar qiliş mumkinligini ta'kidladi. 

Hindistonda joriy (2016-2017) va kelasi moliyaviy yildagi ösiş prognozlari bir va 0,4 foiz punktga pasaytirilgan, bu eng avvalo mamlakatdagi naqd pul yetişmovçiligi va eski banknotalarni yangilariga almaştiriş amaliyotlari bilan boğliq. 

Osiyoning boşqa rivojlanayotgan mamlakatlaridagi ösiş baholari Indoneziyada kutilganidan kamroq xususiy investitsiyalar darajasi hamda Tailandda - iste'mol va turizm ösişi sekinlaşayotgani tufayli pasaytirilgan.