Şaxsiy avtomobillar odamlarning hayotidan örin olgan, biroq şaharlar köçalarida transportning ortib borişi sababli aholi punkti markaziga maşinalar kirişini taqiqlaş hamda umumiy avtoturargohlar yaratişga majbur bölinmoqda.

Bularning barçasi hammada ham kerakli bino eşigigaça keliş va maşinani şu yerda qoldiriş imkoniyati bölmasligiga olib keladi. Ba'zida maşinalarni uzoqroqda qoldirib, qolgan yölni piyoda bosib ötişga töğri keladi.

Hyundai kompaniyasi bunday vaziyatlarda yölga ketadigan vaqtni minimallaştiriş va harakatlanişni qulay qiliş maqsadida yiğiluvçi elektr samokat IONIQ Scooter’dan foydalanişni taklif qilmoqda.

.