Saudiya Arabistoniga Ispaniya qiroli Felipe VI boşçiligidagi ispan delegatsiyasi tarkibida kelgan Ispaniyaning savdo böyiça davlat kotibi Mariya Luisa Ponsela bu musulmon davlatida amal qiladigan kiyiniş odobiga xilof iş tutdi.
Ayol Saudiya Arabistoni rahbariyati bilan muzokaralarga kalta yubka va boşyalang keldi, deb xabar bermoqda Mundo ispan naşri. Ispaniyalik siyosatçining bu körinişi Saudiya Arabistonining bir qator OAVda norozilik uyğotdi.
Bu ğarblik ayol siyosatçilar Saudiya Arabistonidagi bunday uçraşuvlar bayonnomasini buzayotgan birinçi holat hisoblanmaydi. Germaniya mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayyen dekabr oyidagi Saudiya Arabistonidagi uçraşuvga kostyum-şimda va römolsiz kelgan. "Men borayotgan mamlakatlarimning madaniyati va udumlarini hurmat qilaman va ularga moslaşişga harakat qilaman. Biroq kiyim borasida menda çegara bor: men römol öramayman va şim kiyib yuraman", deb aytgan der Lyayyen.
Saudiyalik siyosatçilar bilan xuddi şunday "noma'qulçilikka" AQŞning birinçi xonimi Mişel Obama ham yöl qöygan. U saudiya qiroli bilan uçraşuvga römolsiz kelgan. Obamaning taşrifini yoritgan muxbirlar yana bir axloq buzilişiga e'tibor qaratişgan: uçraşuv vaqtida Mişel Obama va qirol bir-birlarining qöllarini siqib qöyişgan, vaholanki islomda erkaklarga nomahram ayollarga tegiş taqiqlanadi.
Ispaniya qiroli Saudiya Arabistoniga birinçi marta taşrif buyurmoqda.












