Natsistlar yetakçisi Adolf Gitler öz ölimini sahnalaştirib, Berlindagi bunkerdan qoçgan va Argentinadagi harbiy bazaga maxfiy tarzda yetkazilgan. U bu yerda tarafdorlari bilan 4-reyxni yaratmoqçi bölgan, deb 16 yanvarda History Channel kanalida çiqadigan "Gitler ovi" deb nomlangan körsatuvga iqtibos keltirgan holda Daily Mail naşri xabar bermoqda.
"Al-Qoida" yetakçilari Usoma bin Lodin va Abu al-Zarkaviyni yöq qiliş operatsiyasida iştirok etgan AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasining sobiq xodimi Bob Bayer va maxsus xizmat serjanti Tim Kennedi Gitler qoçib ketgan bölişi mumkinligini biliş maqsadida tadqiqot ötkazişgan.
Naşrning yozişiça, ular bunkerda avval noma'lum bölgan, aerodromga olib boruvçi 5-çiqiş bölganining isbotini topişgan. Ular şuningdek SS zobitlaridan biri Gitlerni Daniyada körgani haqidagi hujjatlarni aniqlaşgan.
Körsatuvda Argentinada Gitler Janubiy Amerikaga kelganining isboti aniqlangani ta'kidlangan. Tadqiqotçilardan biri Ikkinçi jahon uruşidan keyin Argentinaga "ön minglab" natsistlar kelganiga işora qilgan.












