Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida çiqiş qilib, jahon savdosida milliy proteksionizm (biror davlatning öz milliy iqtisodiyotini çet el raqobatidan himoya qilişga qaratilgan siyosati)ga yöl qöymaslik haqida gapirdi. Uning çiqişi translyatsiyasi forum rasmiy saytida taqdim etilgan.
Xitoy yetakçisining fikriça, barça mamlakatlar erkin savdo prinsiplariga amal qilişlari kerak.
«Protektsionizm siyosatini olib boriş – bu özini qoronğu xonaga qamab qöyişdek gap. Taşqarida yomğir va şamol bölişi mumkin. Biroq u yerda havo hamda nur ham bor. Savdo uruşida heç kim ğolibga aylanmaydi», - dedi Si Tszinpin.
Avvalroq Si Tszinpin jahon iqtisodiyoti globallaşuvidan voz keçmaslik hamda unga moslaşiş lozimligiga e'tibor qaratgandi.












